Yangi tarif rejasining qulayligi shundaki, 2ta rezident Open Spacedagi biriktirilgan bir ish o’rnini almashib, shaxsiy buyumlarini qoldirgan xolda ishlash imkonini beradi.
Narxi:
Monthly Hybrid tarif rejasining narxi- 2 800 000 so’m. Yangi tarif reja yordamida hamkasbingiz bilan tarif rejaning narxini bo’lishgan xolda to’lov qilish va zarur xolda biriktirilgan ish joyida ishlash imkonini beradi. Muzokaralar xonasiga beriladigan keshbek miqdori 700 000 so’m.
Afzalliklari:
Ushbu tarif reja yordamida rezidentlarimiz Open Space hududimizning afzalliklaridan, 2ta kichik Javon, yuqori tezlikdagi Internet, kotibiyat xizmati, konfertsiya, muzokaralar va skayp xonalaridan foydalanishlari mumkin.
Shartlar:
Kovorking hududida bir vaqtning o’zida ishlash uchun birinchi xodim o’z ish o’rnida ikkinchisi esa muzokaralar xonasi yoki skayp xonasida bo’lishi shart. Shuningdek 2 hamkasb osonlikcha muzokaralar xonasida vazifalarni belgilab olish yoki hamkorlar bilan muzokaralar olib borishlari mumkin.
Yana bir yangi tariff rejasi Hybrid Office bir ish joyining bir necha hamkasblar bilan bo’lishib ishlashga tayyor kichik korxonalar va frilanserlarning takliflaridan kelib chiqib joriy etilmoqda.
Misol sifatida: 10 kishilik jamoaning ish vaqti bo’lingan xolda ishlashga mo’ljallangan. Shuning uchun 10 kishilik xonani ijaraga olish qimmatlik qilishi mumkin. Ushbu tarif rejasi 5 kishilik ofisda 10ta xodimni ishlash imkonini beradi.
Narxi:
Hybrid Officeнинг narxi bir ishchi joyi uchun 2 500 000 so’mni tashkil etadi. Va qo’shimcha xar bir ishchi uchun 500 000 so’mdan to’lov qilinadi.